Hirs va xirs

Hirs va xirs

Talaffuzi yaqin bu ikki soʻz maʼno jihatidan farq qiladi. Hirs arab tilidan kirgan, oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Yetishish, erishishga boʻlgan kuchli intilish, istak, mayl: mol-dunyo toʻplashga boʻlgan hirs.

2️⃣ Salbiy maʼnoda: jinsiy hissiyot, shunday hissiyotli mayl: hirs bilan qaradi.

 

Xirs soʻzi tilimizda bot-bot uchrab turadi, asosan soʻzlashuv tilida ishlatiladi. Forschadan kirgan bu soʻz ayiq degan maʼnoni anglatadi: xirsday yigit, xirsday baquvvat, xirsdan-da kuchli.

Xirsday toʻq iborasi ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Ovqatni koʻp yegan, qorni toʻq.

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: moʻl-koʻlchilikda yashovchi boy, badavlat kishi haqida.

 

❗️ Xirs soʻzi ayiq maʼnosida oʻxshatishli birikmalar va iboralarda uchraydi xolos. Hayvon maʼnosida ishlatilmaydi. Masalan, hayvonot bogʻiga xirs keltirildi deyilmaydi.

 

📌 Demak:

Xirsday yigit, xirsday toʻq odam, hirsi kuchli ✅

Hirsday yigit, hirsday toʻq odam, xirsi kuchli ❌

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube