Hozir va hozirda
Ehtiyoj boʻlmasa, keraksiz soʻz va qoʻshimchalardan voz kechish zarur.
Hozirda soʻzidagi -da qoʻshimchasi ana shunaqa ustidan chiziladigan qoʻshimchalardan. Chunki usiz ham maʼno bemalol ifodalanaveradi.
📌 Demak,
Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli. 🤔
Hozir bemorning ahvoli qoniqarli. ✅
Hozirda maktabda toʻgaraklar ish boshlagan. 🤔
Hozir maktabda toʻgaraklar ish boshlagan. ✅
Orif Tolib