Ism-familiyalarni boʻgʻinga koʻchirmagan yaxshi

Ism-familiyalarni boʻgʻinga koʻchirmagan yaxshi

Savol:

Yozayotganda satrga sigʻmay qolsa, ism-familiya boʻgʻinga koʻchiriladimi?

 

Javob:

Imlo qoidalarida ism-familiyalardagi qisqartmalar boʻyicha aniq koʻrsatma bor:

👉 A. J. Jabborov, A. D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib koʻchirilmaydi.

Demak, ism va otaismni bildiruvchi A. J. va A. D. kabi yoki ismni bildiruvchi B. va S. kabi qisqartmalar satrning tepasida qolib, familiya pastga koʻchirilmaydi.

Ismlarda boʻgʻin koʻchirish-chi? Aslida boʻgʻinga koʻchirish mumkin. Chunki mumkin emas degan qoida yoʻq. Biroq men kishi nomlarini iloji boricha boʻgʻinga koʻchirmaslik tarafdoriman. Hatto ism bir satrda qolib, familiya ikkinchi satrga oʻtadigan holatlardan ham nariroq boʻlavergan maʼqul. Imkondan tashqari holatlar esa, albatta, bundan mustasno.

Bu qoida qatʼiy emas, ixtiyoriy. Lekin tahrir, tushunarlilik va nomga hurmat nuqtai nazaridan bu qoidaga amal qilish zarur.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube