Ballon nima?

Ballon nima?

Izohli lugʻatga koʻra, bu soʻz asli italyancha pallone – toʻp, koptok soʻzidan kelib chiqqan. U fransuz tiliga ballon – boʻsh shar shaklida oʻtgan.

Rus tiliga XVIII asrda fransuzchadan oʻzlashgan. Oʻzbekchaga esa rus tili orqali kirgani ehtimoli katta.

Bu soʻz tilimizda 3 xil maʼnoni anglatadi:

 

1️⃣ Harakatlanuvchi transportning (mototsikl, mashina, traktor va boshqalar) havo damlanadigan rezina gʻildiragi.

 

Undan narida, tomiga sandal kursi, mashina balloni, xashak-xushak uyib tashlangan bostirma.

“Yoshlik”.

 

2️⃣ Aerostatning gaz oʻtkazmaydigan qobigʻi.

 

3️⃣ Suyuqlik yoki gaz saqlashga moʻljallangan shisha, metall yoki rezinadan yasalgan ogʻzi tor idish.

 

Shisha ballon. Rezina ballon. Gaz balloni.

 

Kasalxonalarda oksigen [kislorod] yostigʻini toʻldirish uchun alohida oksigen balloni bor.

N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish.

 

📌 Demak:

Ballon

Balon, bolon ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.