Izofali birikmalar imlosi
Izofali birikmalar qanday yozilishi haqida oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarida aniq qoida bor. Lekin u lotin alifbosiga xoslangan:
👉 Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan soʻzlarga –i shaklida, unli bilan tugagan soʻzlarga –yi shaklida qoʻshiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan soʻzlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan soʻzlar qoʻshib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.
Unli bilan tugagan soʻzlarga izofa qoʻshilishi masalasida kiril yozuvi imlosida aniq tartib yoʻq, birda unday, birda bunday: tarjimai hol, adoyi tamom, nuqtai nazar, baloyi azim, aʼzoyi badan, rasvoyi jahon.
Imlo lugʻati prinsipiga tayanadigan boʻlsak, o bilan tugagan soʻzlarga izofa kiril imlosida ham -yi shaklida qoʻshiladi. Biroq izohli lugʻat va milliy ensiklopediyada bu prinsipga boʻysunmagan. Sahroi Kabir, duoi jon, rasvoi jahon tarzida berilgan oʻrinlar bor. Lekin hamma yerda ham emas. Bu soʻzlar boshqa joylarda -yi bilan yozilgan. Menimcha, bu holatda -yi shaklida qoʻllagan toʻgʻri: Sahroyi Kabir, duoyi jon, rasvoyi jahon.
Izofa yozilmaydigan soʻzlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan soʻzlar kiril imlosida ham qoʻshib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.
📖 Alifbo tezroq isloh qilinib, imlo qoidalari mukammalroq koʻrinishga kelsa, bu kabi muammolar ham yoʻqolardi.
📌 Demak:
tarjimayi hol, adoyi tamom, nuqtai nazar, rasvoyi jahon, duoyi bad ✅
Tarjimayi hol, adoyi tamom, nuqtayi nazar, rasvoyi jahon, duoyi bad ✅
Tarjimayi hol, adoi tamom, nuqtayi nazar, rasvoi jahon, duoi bad ❌
tarjimayi hol, adoi tamom, nuqtai nazar, rasvoi jahon, duoi bad ❌
Orif Tolib