Jala yomgʻiri?

Jala yomgʻiri?

Xabar sarlavhasi:

Oʻzbekiston boʻylab jala yomgʻirlari kuzatilishi kutilmoqda

 

Izohli lugʻatga koʻra, jala shiddatli yomgʻirni anglatadi. Milliy ensiklopediya bu soʻzni shiddat bilan yogʻadigan qisqa muddatli atmosfera yogʻini; kuchli yomgʻir deb sharhlagan.

Jalaning oʻzida yogʻin, yomgʻir maʼnosi bor. Uni yana yomgʻir deb taʼriflash ortiqcha.

🤔 Ammo milliy ensiklopediyaning oʻzida ham bir qancha oʻrinlarda jala yomgʻirlari birikmasi ishlatilgan ekan. Jala haqidagi bosh maqolada esa bunday ifoda yoʻq.

 

Men bu oʻrinda yomgʻir soʻzini ishlatmaslik kerak deb hisoblayman:

Oʻzbekiston boʻylab jala yogʻishi kutilmoqda

Oʻzbekistonning turli hududlarida jala yogʻishi kutilmoqda

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube