Joy nomi shaxs nomidan keyin berilishi kerak
Obunachilardan biri texnikum nomi yozilgan rasmni joʻnatibdi. Nomda uslubiy xatolik bor. Afshona – Ibn Sino tugʻilgan qishloq. Oʻquv yurti nomida joy nomini kishi nomidan keyin berish toʻgʻri. Bu ortiqcha tushunmovchilik va gʻalizlikning oldini oladi. Solishtiring:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ✅
Toshkent soʻzi joyni bildiradi va u shaxs nomi – Alisher Navoiy soʻzidan keyin kelyapti.
Texnikum nomida ham shu tartibga amal qilish kerak:
Afshona Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ❌
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Afshona jamoat salomatligi texnikumi ✅
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.