Kelinlik uy va kelinli uy

Kelinlik uy va kelinli uy

-li va -lik qoʻshimchalarini yanglish qoʻllash koʻp uchraydi. Toʻgʻri, bir paytlar -lik qoʻshimchasi -li oʻrnida ishlatilgan. Yuz yil oldin ham bu holat kuzatilgan. Lekin til rivojlanishda, bugun ikki qoʻshimcha farqlanadi va boshqa-boshqa maʼnolarni ifoda etadi.

Xoʻsh, kelinlik uy degan toʻgʻrimi yoki kelinli uy?

Ikkalasi ham toʻgʻri. Lekin maʼnolari farqlanadi.

Kelinlik uy – qiz kelin boʻlib tushgan uy:

 

Bu – mening kelinlik uyim.

 

Kelinlik uyim bir uy, bir dahlizdan iborat edi.

 

Kelinli uy esa kelini bor uy.

 

Kelinli uy saranjom-sarishta boʻladi.

 

Mahallamizda  kelinli uylar koʻp.

 

Dastlabki ikkita jumlada kelinli uy iborasini qoʻllash xato boʻlgani kabi oxirgi ikki jumlada kelinlik uy birikmasini ishlatish xatodir.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube