Kitoblarni qanday oʻqish kerak?

Kitoblarni qanday oʻqish kerak?

@kitobqurti kanali Mortimer Adler va Van Doren qalamiga mansub “Kitoblarni qanday oʻqish kerak?” asarining qisqacha mazmuni bilan boʻlishibdi. Maqolada kitoblar oʻqish texnikasi va tizimli mutolaa haqida soʻz boradi.

Quyida
ushbu maqoladan ayrim oʻrinlarni eʼtiboringizga havola etaman:

 

Savodli boʻlish bilan oʻqishni bilish orasida katta farq bor.

 

***

Oʻqish uchta sababga koʻra amalga oshirilishi mumkin:

  • Koʻngil ochish uchun oʻqish – dam olish yoki “shunchaki mutolaa” qilish uchun;
  • Axborot olish uchun oʻqish – dalillar va faktlarni oʻrganish (dunyoni koʻproq bilish) uchun;
  • Tushunish uchun oʻqish – tushunchani rivojlantirish (dunyoni boshqacha koʻrish, uni anglash) uchun.

Bu uchalasidan eng qiyini – tushunish uchun oʻqish boʻlib, kitobda asosan shu mavzu haqida soʻz yuritilgan.

 

***

“Tushunish uchun” oʻqiganda oʻquvchi oʻziga butunlay yot va yangi gʻoyaga duch keladi va uni anglab tushunishga harakat qiladi. Bunda yozuvchining bilim darajasi bilan oʻquvchining bilim darajasi oʻrtasida katta tafovut boʻlib, yozuvchi oʻquvchiga yangi tushuncha yoki goʻyani oʻrgatadi. Mutolaa jarayonida ushbu tafovut qisqarib boradi.

 

***

Mutolaaga “ikki tomonlama faol fikr almashinivi” sifatida qaralishi darkor. Yozuvchining vazifasi fikrni “joʻnatish”, oʻquvchi esa uni “ilib” olishi kerak. Koʻrib turganingizdek, mutolaa sifati har ikkala tomonning oʻz vazifasini qay darajada faol bajarganiga bogʻliqdir.

Qancha faol oʻqisangiz, kitobni shuncha yaxshi oʻqiysiz. Qancha yaxshi oʻqisangiz, shuncha koʻp savollarga javob topasiz. Qancha koʻp javob topsangiz, atrofdagi olamni ham ajoyib va boshqacha nigoh bilan koʻra boshlaysiz.

 

***

Mutolaada eng muhimi tez oqʼish emas, toʻgʻri oʻqishdir. Yaʼni, qaysi manba qanday tezlikda oʻqilishi kerakligini bilish. Qanchalik tez oʻqish kerak? Qiyin savol. Baʼzi, koʻp vaqt sarflash kerak boʻlmagan kitoblarni normadan tezroq oʻqish kerak boʻladi. Baʼzi kitoblarni esa normadan sekin, shoshmay oʻqish talab etiladi. Eng muhimi, yuqorida aytganimizdek, toʻgʻri tezlikni topa bilishdir.

Sekin oʻqishni oʻrganish shart emas, biroq, tezroq oʻqishni mashq qilishga toʻgʻri keladi.

 

***

Tanqidning asosiy qoidasi – unga xuddi yaqin doʻsting bilan biror muammoni birgalikda hal qilish uchun konstruktiv ruhdagi mushohada yuritayotganing kabi yondashish kerak.

 

***

Oʻylaganini bilaman degan, biroq uni tushuntirib berolmagan odam nima oʻylayotganini bilmaydi.

 

Maqolani toʻliq mana bu yerda oʻqishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube