Lamborginimi yoki Lamborjini?

Lamborginimi yoki Lamborjini?

Lamborghini haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Italiyadagi Automobili Lamborghini S.p.A. kompaniyasi qimmatbaho avtomobillarini shu brendda ishlab chiqaradi. Kompaniyaga 1963-yili Ferrucho Lamborgini asos solgan. Asoschisining ismi avtomobilga nom boʻlib oʻtgan.

Mashina rusumini Lamborjini deyish koʻp uchraydi. Lekin bu xato. Nega unda bunday talaffuz qilish keng tarqalgan? Ingliz tili sababli. Bilasiz, g harfi inglizcha soʻzlarda koʻpincha j deb oʻqiladi. Italyan tilini biladiganlar kam, inglizchani biladiganlar esa koʻp. Ular soʻzni inglizcha talaffuz tasavvuri bilan oʻqiydi.

Biroq Lamborghini inglizcha emas, italyancha. Italyanchada g harfi asosan g deb oʻqiladi. E va i unlilaridan oldin esa j deb oʻqiladi. Bu ikki unlidan oldin ham g oʻqilishi uchun bir h orttiriladi. Lamborghini soʻzida ham ayni shu holat kuzatilgan, bu oʻrinda gh birikmasi g tovushini beradi.

🟢  Solishtirish uchun: italyancha makaron spagetti ham asliyatda spaghetti yoziladi va yuqoridagi qoidaga koʻra, spagetti oʻqiladi. Amaliyotda bu soʻzni spajetti deyish uchramaydi hisob.

Lamborgini talaffuzini Google’da eshitib koʻrishingiz ham mumkin.

 

📌  Demak:

Lamborgini ✅

Lamborjini ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube