Lev Tolstoy qoidalari

Lev Tolstoy qoidalari

Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida
oʻzi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yoʻriqlar sizu bizga ham katta foyda berishi aniq.

 

  • Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.
  • Har kun zaifroq biladigan tilingda sheʼr yodla.
  • Qoʻlingdagi mulkning oʻndan birini ehson qil.
  • Oʻn barobar boyib ketsang-da, hayot tarzingni oʻzgartirma.
  • Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham koʻr.
  • Oʻzing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.
  • Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
  • Boshqalarning fikrini oʻylab oʻtirgandan koʻra oʻz ustingda koʻproq ishla.
  • Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.
  • Oʻzing uchun iloji boricha koʻp mashgʻulot oʻylab top.
  • Bir oʻzing yakunlashing mumkin boʻlgan ishga yordamchi talab qilma.
  • Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.
  • Yaqin kishingni oʻzingday yaxshi koʻr, ikki yaqin kishingni esa oʻzingdan ham koʻproq yaxshi koʻr.
  • Yaxshilik qilishga imkon izla.
  • Yaxshi boʻl va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.
  • Har tun kunduzi oʻrganganlaringni takrorla.
  • Ortiqcha narsangni oʻzing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.
  • Hammani birday yaxshi koʻr, bu muhabbatdan oʻzing ham chetda qolma.
  • Elning muhabbati uchun mayda tuygʻulardan voz kech.
  • Boshqa odamlarning hamisha yaxshi tomonini izla, yomon tomonini emas.
  • Sharoit qancha yomon boʻlsa, harakatni shuncha kuchaytir.
  • Bor narsalarga qanoat qil.
  • Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.
  • Yaqinlaringning hayoti shirin boʻlishiga hissa qoʻsh.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 12-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.