Mavjudot

Mavjudot

Bu soʻz arab tilidan kirgan, asliyatda barcha bor boʻlgan, aniq narsalarni anglatadi. Oʻzbek tilida olam, tabiatda bor narsalar majmui, dunyoda mavjud narsalar, butun borliq maʼnolarida qoʻllanadi.

Mavjudot asosan kitobiy tilda ishlatiladi:

 

Mavjudotning joni – suv.

X. Rasul, Baxt nashʼasi.

 

📌 Demak,

Mavjudot

Mavjudod ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.