Mijozlar bilan bogʻlanishning koʻp tarmoqli platformasi

Savol:
Marketingda shunaqa atama bor – OmniChannel Customer Engagement Platform.
Shuni oʻzbekchada Mijozlar bilan bir nechta kanallar orqali oʻzaro aloqalar platformasi deb tarjima qilsak boʻladimi? Omnichannelni odamlar tushunmasligi mumkin.
Javob:
Bu atamaga duch kelmagan ekanman. Internetdan qidirib topdim.
OmniChannel Customer Engagement Platform – mijozlarga bir necha vositalar orqali murojaat qilish imkonini beradigan platforma, dasturiy taʼminot. Bunda elektron pochta, bildirishnoma, chat, SMS, telegram yoki boshqa turli vositalar imkoniyatidan foydalaniladi.
Taklif qilingan tarjima ham yomon emas. Atamani mana bunday variantlarda loʻndaroq oʻgirish mumkin:
OmniChannel Customer Engagement Platform
Mijozlar bilan bogʻlanishning koʻp tarmoqli platformasi
Mijozlar bilan koʻp tarmoqli bogʻlanish platformasi
Mijozlar bilan koʻp tarmoqli aloqa platformasi
OmniChannel
Koʻptarmoqli
@oriftolib

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.