Muqarrar jazo

Muqarrar jazo

Bu voqea olis mamlakatlardan birida yuz bergan. Mast holatda mashina haydagani uchun Sofiya ismli ayolni dastlabki surishtiruvga olib kelishdi. 27 yoshli tantiq bu ayol qattiq sarxush edi, oʻziga kelgunicha ancha vaqt aljirab oʻtirdi. Hushiga kelgach
esa, gap nimadaligini toʻla-toʻkis anglab, oʻzini qoʻlga oldi. Uni ogʻir jazo kutib turardi. Shu sababli shaharning eng koʻzga koʻringan advokatini yolladi. Huquqshunos bor bilim-mahoratini ishga solib, Sofiyani jazodan qutqarib qoldi.

Boshiga tushgan ishlardan kerakli xulosa chiqarmagan ayol gʻalabasini yuvish uchun barga kirdi. Toʻyguncha ichib, mast boʻldi. Soʻng yana rulga oʻtirdi. Uni bu safar boshqa koʻrgulik qarshi oldi. Yoʻlda kimnidir urib yubordi, nima boʻlayotganini yaxshi anglamay bechorani yigirma merga qadar sudrab bordi. Koʻrsatilgan tez tibbiy yordam foyda bermadi, kasalxonaga juda ogʻir holatda olib kelingan bemor hayot bilan vidolashdi.

Bu safar Sofiyani hech kim jazodan asrab qola olmadi. Ayol qamoqxonada ekanida bir gapni eshitdi: baxtsiz hodisada qurbon boʻlgan kishi uni oʻtgan gal jazodan qutqarib qolgan advokat ekan.

 

Orif Tolib

 

“Maʼrifat” gazetasining 2017-yil 7-iyun sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.