“Na” bogʻlovchisini qoʻllashdagi xatolar

“Na” bogʻlovchisini qoʻllashdagi xatolar

Na bogʻlovchisi inkor, boʻlishsizlik maʼnosiga ega va u qatnashgan jumladagi kesim boʻlishli shaklda qoʻllanadi. Chunki na soʻzidagi inkor maʼnosi bevosita kesimga taʼsir qiladi va yana qayta boʻlishsiz maʼnoli soʻz yoki qoʻshimcha talab etilmaydi:

 

Undan na xat bor, na xabar. 

Qoʻlim ishga bormadi, na oʻqidim, na yozdim.

 

❗️ Yuqoridagi kabi jumlalarda kesim koʻpincha boʻlishsiz shakl yoki maʼnoda ishlatiladi. Bu esa – xato!

 

? Demak:

Na salom, na alik bor, indamay kirib kelaverdi. ✅

Na salom, na alik yoʻq, indamay kirib kelaverdi. ❌

 

Muammoga na hokimlik, na masʼullar eʼtibor qaratgan. ✅

Muammoga na hokimlik, na masʼullar eʼtibor qaratmagan. ❌

 

Orif
Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.