-ni va majhul nisbat
Matnlarda eng koʻp koʻzga tashlanadigan xatolardan biri – tushum kelishigi qoʻshimchasini xato qoʻllash. Masalan, -ni qoʻshimchasi koʻpincha majhul nisbat feʼllari bilan birga ishlatiladi:
Sotib olingan kitoblarni tez orada oʻqib chiqiladi. ❌
❗️ Majhul nisbatdagi feʼlga bogʻlangan soʻz tushum kelishigini olmaydi!
Sotib olingan kitoblar tez orada oʻqib chiqiladi. ✅