Nufus va nufuz
Nufus soʻzi arabchadan kirgan, asliyatda aholi, xalq maʼnolarini bildiradi. Oʻzbek tilida aholi maʼnosida qoʻllanadi.
Shahrimiz nufusi uch millionga yaqinlashdi. ➡️ Shahrimiz aholisi uch millionga yaqinlashdi.
Shahar nufusi yildan-yilga oshib boryapti. ➡️ Shahar aholisi yildan-yilga oshib boryapti.
Nufuz soʻzi ham arabchadan olingan, obroʻ-eʼtibor va taʼsir maʼnolariga ega.
Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi oshishi kerak. ➡️ Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi obroʻ-eʼtibori oshishi kerak.
Bu olimning soʻzi katta nufuzga ega. ➡️ Bu olimning soʻzi katta taʼsirga ega.
Orif Tolib
tayyorladi.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.