Omikron, “omikron” yoki Omicron?
Hozir koronavirusning eng keng tarqalayotgan shtammi mana shu – omikron. U turli nashrlarda turlicha yozilyapti. Aslida qanday yozish kerak?
Omikron yunon alifbosining 15-harfi. Koronavirusning oldingi shtammlari ham yunon alifbosi harflari bilan nomlangan.
Alfa, beta, gamma, delta, omikron kabi soʻzlar bu oʻrinda koronavirusning variantini anglatyapti. Shu sababli ularni kichik harflarda va qoʻshtirnoqsiz, hech qanday chiziqchasiz yozish kerak. Shtamlar imlosi navlar imlosiga oʻxshaydi. Shtamm atoqli ot emas, yoki sarlavha emas. Ilmiy matnlardagina soʻzni qoʻshtirnoqda va bosh harfda berish mumkin. Chunki bunday matnlarning oʻziga xos talab va asoslari bor. Ommaviy axborot vositalari, telegram kanallar va oddiy yozishmalarda bu shaklda yozmagan toʻgʻri.
Soʻzni inglizcha shaklda berish ham xato emas. Ingliz tili ilmiy jabhada ham xalqaro til sanaladi. Koronavirus nomini COVID-19 deb yozganimiz kabi shtamm nomini Omicron deb ham yozsa boʻladi. Bu oʻrinda kasallikning xalqaro ilmiy nomi berilyapti deb qabul qilinadi.
Bu soʻz savdo belgisi, korxona yoki tashkilot nomi boʻlmagani uchun uni aslidagiday berish shart emas. Shu sababli omikron shaklida yozish tarafdoriman.
📌 Demak:
Omicron shtammi, omikron shtammi ✅
Omicron-shtammi, omikron-shtammi ❌