Orif Tolib haqida

Orif Tolib 1987-yili Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanidagi Qumbosti qishlogʻida tugʻilgan. 1994–2001-yillarda tumandagi 34-maktabda, 2001–2005-yillarda “Ziyo” ixtisoslashgan maktab-internatida oʻqigan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini (bakalavriat), Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini (magistratura) tugatgan.
Ish faoliyatini 2008-yili “Gulxan” jurnalida boshlagan. Soʻng “Movarounnahr” nashriyoti, “Yoshlik” jurnali, Khan Academy Oʻzbek loyihasi, Xalq taʼlimi vazirligining Respublika taʼlim markazida mehnat qilgan. Hozir Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Talabalarda adabiy tahrir malakasini shakllantirish metodikasi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boryapti.
2021-yildan Milliy oʻquv dasturi asosida ishlab chiqilayotgan yangi avlod maktab darsliklariga muharrirlik qilib kelyapti. UNICEF, RTI, American Councils kabi xalqaro tashkilotlar, vazirliklar va respublika tashkilotlarining turli loyihalarida muharrir, tarjimon sifatida ishlagan. Yoshlar ishlari agentlining “Ibrat farzandlari” loyihasida oʻzbek tilidan savodxonlik darslari muallifi. Daryo.uz internet nashri kolumnisti. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining ekspertlar guruhi aʼzosi.
2019-yildan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2011-yili uyushma tavsiyasi bilan “Uchrashuv” nomli kitobi chop etilgan. Sheʼr va hikoyalari, adabiy-tahliliy, ilmiy-ommabop maqolalari markaziy nashrlarda eʼlon qilinib keladi. “Zamonamiz qahramonlari” ruknida yozilgan “Hasanboy Doʻsmatov” va “Ruslan Nurudinov” kitoblari hamda “Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya” mualliflaridan biri. Ilmiy-ijodiy ishlari umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 6-, 7-, 10-sinflari uchun ishlab chiqilgan “Ona tili” darsliklariga, ijod maktablarining 7- va 8-sinflari uchun ishlab chiqilgan “Ona tili” darsliklariga kiritilgan.
2021-yili “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Turli tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan:
- “Milliy internet tanlovi” gʻolibi – 2015.
- “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi sovrindori – 2016.
- “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi 2-oʻrin sohibi – 2022.
🌐 Shaxsiy sayti – oriftolib.uz
✈️ Telegam sahifasi – @oriftolib
▶️ Youtube sahifasi – @oriftolib

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.