-ov (-yov): chiziqcha kerak emas

-ov (-yov): chiziqcha kerak emas

-ov (-yov) yuklamasini yozishda xatoga koʻp yoʻl qoʻyiladi. Aslida bu muammoli yoki chalkash holat emas. Imlo qoidalarining “Chiziqcha bilan yozish” boʻlimida tartibi ochiq-oydin koʻrsatib qoʻyilgan:

❗️ -ov (-yov) yuklamasi oʻzidan oldin kelgan soʻzga qoʻshib yoziladi: koʻrganov, koʻrdiyov kabi.

 

E, boʻtam, oʻqishga oʻqiganman, ammo bunga sakson yillarcha boʻldiyov.

X. Toʻxtaboyev, “Shirin qovunlar mamlakati”.

 

Har ikki tomonning ishini koʻrgan odam muqarrar: “Bular kim tez qazirga oʻynashganov!” deb oʻylaydi.

M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”.

 

📌 Demak:

Borganov, kelganov, boʻldiyov, qoldiyov ✅

Borgan-ov, kelgan-ov, boʻldi-yov, qoldi-yov ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube