Oʻzbekiston milliy universiteti: “milliy” kichik harfda

Oʻzbekiston milliy universiteti: “milliy” kichik harfda

Imlo qoidalarimizda chalkashliklar, amal qilinmaydigan holatlar bor. Shulardan biri Oʻzbekiston milliy universiteti nomini yozishda kuzatiladi. Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalariga koʻra, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi. Universitet ham tashkilot.

Xoʻsh, unda nega milliy soʻzini bosh harfda yozishadi? Oldin ham aytganman, bu kabi holatlar ruschadagi imloga taqlid natijasida yuzaga kelgan. Chunki ruschada milliy soʻzi birikma boshida keladi: Natsionalnыy universitet Uzbekistana.

Biroq oʻzbekchada milliy soʻzini bosh harfda yozishga asos yoʻq. U nom tarkibidagi birinchi soʻz emas.

Universitet nomi toʻgʻri yozilgan oʻrinlar ham yoʻq emas. Masalan, milliy ensiklopediyaning OʻzMU haqidagi maqolasida milliy soʻzi kichik harfda berilgan.

 

📌 Demak:

Oʻzbekiston milliy universiteti ✅

Oʻzbekiston Milliy universiteti ❌

 

🔄 Mavzuga aloqador:

 

Telegram | YouTube

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.