Rostdan va rostan
Rostdan soʻzi rost soʻziga -dan qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilingan. Uning yasalishi jumladan, chindan, aftidan kabi soʻzlarga oʻxshaydi. Rostdan soʻzi ravish boʻlib kelganda haqiqatan, chindan ham maʼnolarini anglatadi:
Ishonavering, rostdan aytyapman.
Kirish soʻzi boʻlib kelganda ha, aytganday maʼnosini anglatadi va vergul bilan ajratiladi:
Ha, rostdan ham, bunga eʼtibor bermagan ekanman.
Bu soʻzni baʼzan rostan, rosdan shaklida yozish uchraydi. Har ikki shakl ham xato. Chunki soʻzning bunday varianti yoʻq.
📌 Demak:
Rostdan shunaqa, rostdan ham ✅
Rostan shunaqa, rosdan ham, rosdan shunaqa, rosdan ham ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.