“Patir” soʻzining maʼnosi

“Patir” soʻzining maʼnosi

Patir oʻzbekchada koʻpincha yogʻ aralashtirilgan, oshirilmagan xamirdan chekichlab tayyorlanadigan yupqaroq nonni anglatadi. Uning kelib chiqishi asli arabcha.

Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, bu soʻz arabcha fatir(un) shakliga ega. Oʻzbek tiliga soʻzlashuv tilidagi talaffuzi asosida f undoshi p undoshiga, choʻziq i unlisini esa qisqa i unlisiga almashtirib qabul qilingan.

Tojik tiliga asliga yaqin – fatir shaklida olingan.

Bu soʻz asli nonushta qildi maʼnosini anglatuvchi fatara feʼlidan yasalgan asliy sifat boʻlib, oshirilmagan xamirdan tayyorlangan non maʼnosini anglatadi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.