Payraha nima?

Payraha nima?

Payraha soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Yogʻoch-taxta chopilganda, randalanganda hosil boʻladigan chiqindi.

 

Nazar ota payrahalarga koʻmilib, poytesha chopayotgan usta Shoqosim bilan gaplashib turgan ekan.

S. Ahmad, “Qadrdon dalalar”.

 

2️⃣ Yupqa kesilgan (non, yaxna goʻsht, pishloq va sh.k.); yaproq.

 

Bir payraha qazi.

 

Bu soʻzning paraha shakli ham bor. U lugʻatlarga kirgan va soʻzni bu shaklda ishlatish ham xato emas.

 

Yana bir payraha soʻzi bor, yuqorida izohlangan soʻzning omonimi. U jonli tilda faol ishlatilmaydi. Asosan tojik tili taʼsiridagi shevalarda qoʻllanadi. Izohli lugʻatga koʻra, fors tilidan kirgan bu soʻz loygarchilikda, qorda odamlar yuraverib hosil qilgan yoʻl va soʻqmoqni anglatadi:

 

Shunday paytlarda MTS hovlisi ham qish libosini kiyar, ustaxona yoki sexdan boshqa bir joyga bormoqchi boʻlsangiz, devor tagidan… payraha yoʻlkadan yurishga toʻgʻri kelardi.

S. Mahkamov, Dala tongi.

 

📌  Demak:

Payraha, paraha ✅

Payraxa, paraxa ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube