Turshak va bargak: farqi nimada?

Turshak va bargak: farqi nimada?

Turshak – danagi bilan quritilgan oʻrik.

 

Zebixon patnisda non, turshak olib chiqib, ular [mehmonlar] oldiga qoʻydi.

S. Ahmad, “Ufq”.

 

Turshak suvi turshakni suvda qaynatib tayyorlanadigan ichimlikni bildiradi.

 

Oʻrnidan turdi-da, kosadagi turshak suvidan ikki-uch qoshiq ichdi.

Gazetadan.

 

Bargak esa danagi olingan holda quritilgan oʻrikni anglatadi. Asli forscha bu soʻzning oʻzbekchasi – oʻrikqoqi.

 

Aytganday, Qurbon akani birinchi MARTA tomga bargak yoyayotganimda koʻrganman,dedi Mehri opa.

A. Eshonov, “Dutor”.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.