Portdan oʻtib kelgan pasport

Portdan oʻtib kelgan pasport

Pasport soʻzi tarkibidagi port shunchaki tasodif emas. Birinchi pasportlar Italiyada paydo boʻlgan. Rassarorto soʻzi lotincha passare – oʻtish, portus – port, bandargoh soʻzlaridan tuzilgandi. Kemalar port orqali oʻtishiga imkon beruvchi ruxsatnomani pasport deb atashgan.

Atama fransuz tiliga mamlakat chegarasini kesib oʻtish ruxsatnomasi maʼnosida kirgan. Soʻng shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki yashash guvohnomasini ifodalashga oʻtgan.

Oʻzbek tiliga ruschadan, ruschaga esa XVIII asr boshlarida nemis yoki fransuzchadan oʻzlashgan. U ruschada koʻp vaqtlar pas shaklida ishlatilgan. Pashport yoki pachport shaklida ham qoʻllangan.

Pasport soʻzidan dunyoning juda koʻp tillari ayrim tovush oʻzgarishlari bilan foydalanadi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube