Qattiq sovuqni ifodalovchi soʻzlar
Ayoz – kech kuz, qish va erta bahordagi achchiq sovuq, qora sovuq.
Achchiq sovuq – jazillatadigan, jonni achitadigan sovuq.
Buyuq – qattiq sovuq, ayoz.
Zamharir – qattiq sovuq; qahraton qish.
Izgʻirin – achchiq sovuqli boʻralagan shamol; izgʻiriq.
Qatqaloq sovuq – hamma narsani muzlatib, qotirib qoʻyadigan qattiq sovuq.
Qahraton – juda qattiq, juda ham shiddatli, ortiq darajada sovuq.
Qish chillasi yoki qishki chilla – 2$1-$3dan 5-fevralgacha boʻlgan eng sovuq qirq kun.
Quruq sovuq yoki qora sovuq – havo ochiq yoki qor yogʻmay turgan vaqtdagi qattiq ayoz.
Fargʻona shevasida eshak oʻldirar sovuq degan ibora bor. Bunda quyosh yiltillab, yuzga iligʻi uradigan, lekin ozroq tashqarida turilsa, sovugʻi etni teshvoradigan havo nazarda tutiladi. Aytishlaricha, bir paytlar allakim quyosh chiqdi-ku deb eshagini tashqariga bogʻlab qoʻygan, bir-ikki soat oʻtgach, eshak sovuqdan oʻlib qolgan. Keyinchalik bu holat zarbulmasalga
aylangan.
👉 Siz qattiq sovuqni ifodalaydigan yana qanday soʻzlarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.
🔄 Mavzuga aloqador: