Qirgʻizistonmi yoki Qirgʻiz Respublikasi?
Vikipediyachilar yozyapti:
Ruscha Vikipediyada 2023-yilning 3-dekabr kuni ochilgan muhokama 2024-yilning 7-yanvar kuni yakuniga yetdi. Muhokama mavzusi ruscha Vikipediyada shu kungacha ishlatilib kelingan Kirgiziya oʻrniga Kыrgыzstan shaklini keng qoʻllash masalasi boʻldi.
Deyarli 1 oy davom etgan qizgʻin muhokama natijasiga koʻra, ortiq Kirgiziya emas, rasman Kыrgыzstan shakli qabul qilingani tan olindi.
Qoʻshni mamlakatning nomi oʻzbek tilida ham bir necha shaklda yoziladi: Qirgʻiziston, Qirgʻiz Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?
Bari toʻgʻri. Qirgʻiz Respublikasi asosan rasmiy uslubda ishlatiladi. Yon qoʻshnilarimizning konstitutsiyasiga koʻra, mamlakat nomining Qirgʻiz Respublikasi va Qirgʻiziston
variantlari toʻgʻri.
Oʻzbekchada Qirgʻiziston shakli koʻp ishlatiladi. Internetdan qarab koʻrdim, qirgʻiz tilida Qirgʻiziston Respublikasi shakli ishlatilmas ekan. Ammo bu variantni ham xato deb boʻlmaydi. Chunki oʻzbek tili alohida til. Joy nomlari oʻzbek tili tabiati, imlosiga koʻra yozilishi kerak.