Qora oltin

Qora oltin iborasiga tez-tez duch kelamiz. Lekin uni koʻpincha neft maʼnosida tushunamiz, xolos.
Izohli lugʻatga koʻra, bu ibora neft va koʻmirga nisbatan ishlatiladi. Koʻmir maʼnosi anglashilgan misolni internetdan topa olmadim. Izohli lugʻat ham misol bermagan.
Ommaviy axborot vositalari bu soʻzni asosan neft maʼnosida qoʻllagan.
Qora oltin iborasi rus tilida neft va koʻmirga, ingliz tilida esa neft, murch va yuksak texnologiyalar vositasida olinadigan qora rangli oltinga nisbatan ishlatilar ekan.
Orif Tolib

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.