Qozogʻiston
Yon qoʻshnimiz Qozogʻiston nomini yozishda baʼzan xato qilib turamiz. Chunki millat nomi – qozoq, davlatning nomi asliyatda, yaʼni qozoq tilida Qazaqstan, lekin oʻzbekchada talaffuz varianti qabul qilingan – Qozogʻiston.
Lekin Qozoqmozortepa, Qozoqtov kabi joy nomlarida qozoq soʻzida tovush oʻzgarishi boʻlmaydi. Chunki q tovushidan keyin undosh tovush kelyapti. Q tovushining fonetik oʻzgarishlarga uchrashi asosan unli tovushlar qoʻshilganda yuz beradi. Lekin har doim ham emas. Masalan, qozoqlarda boʻladigan, qozoqcha maʼnosidagi qozoqi soʻzida shunday: qozoqi kigiz, qozoqi chakmon, qozoqi qoramol zoti.
Ammo egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda tovush oʻzgarishi yuz beradi:
Qozogʻim – qardoshim, jon doʻstim mening.
📌 Demak,
Qozogʻiston, Qozoqtov, qozoqi kigiz, qozogʻim, qozoq yurti ✅
Qozoqiston, Qozogʻtov, qozogʻi kigiz, qozoqim, qozogʻ yurti ❌
Orif Tolib