Raqobatbardosh va raqobatbardoshlik

Raqobatbardosh va raqobatbardoshlik

Raqobatbardosh  soʻzi raqobat va bardosh soʻzlaridan yasalgan, raqobatlasha oladigan, raqobatga chidaydigan degan maʼnoni anglatadi:

 

Bu yerda yiliga 4,5 ming tonna raqobatbardosh kalava ishlab chiqariladi.

Gazetadan.

 

Raqobatbardoshlik esa raqobat qila olish, raqobatga chidash; raqobatga kirisha olish qobiliyatini bildiradi:

 

Oʻzbekistondagi kichik qishloq korxonalari mahsulotlarning yuqori darajada raqobatbardoshligini taʼminlay oladi.

Gazetadan.

 

Raqobatbardosh oʻzi sifat, unga yana sifat yasovchi -li qoʻshimchasini qoʻshish ortiqcha. Bu soʻzdan -lik qoʻshimchasi yordamida yasalgan raqobatbardoshlik soʻzi haqida ham shunday deyish mumkin.

 

📌  Demak:

Raqobatbardosh, raqobatbardoshlik

Raqobatbardoshli, raqobatbardoshlilik ❌

 

@oriftolib  

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube