Raqobatbardosh va raqobatbardoshlik
Raqobatbardosh soʻzi raqobat va bardosh soʻzlaridan yasalgan, raqobatlasha oladigan, raqobatga chidaydigan degan maʼnoni anglatadi:
Bu yerda yiliga 4,5 ming tonna raqobatbardosh kalava ishlab chiqariladi.
Gazetadan.
Raqobatbardoshlik esa raqobat qila olish, raqobatga chidash; raqobatga kirisha olish qobiliyatini bildiradi:
Oʻzbekistondagi kichik qishloq korxonalari mahsulotlarning yuqori darajada raqobatbardoshligini taʼminlay oladi.
Gazetadan.
Raqobatbardosh oʻzi sifat, unga yana sifat yasovchi -li qoʻshimchasini qoʻshish ortiqcha. Bu soʻzdan -lik qoʻshimchasi yordamida yasalgan raqobatbardoshlik soʻzi haqida ham shunday deyish mumkin.
📌 Demak:
Raqobatbardosh, raqobatbardoshlik ✅
Raqobatbardoshli, raqobatbardoshlilik ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.