“Salib” nima degani?
Tarix fanida Salib yurishlari haqida oʻqigan boʻlsangiz kerak. Izohli lugʻatda bu ibora shunday sharhlangan: 1096–1270-yillarda Gʻarbiy Yevropa zodagonlari va katolik cherkovi tomonidan “muqaddas yerlarni musulmonlar asoratidan qutqarish” shiori ostida Suriya, Falastin, Shimoliy Afrikaga qilingan bosqinchilik urushlari.
Salib soʻzi arabchadan olingan, asliyatda but, xoch maʼnosini anglatadi. Oʻzbekchada ham xuddi shu mazmunga ega va asosan kitobiy tilda qoʻllanadi. Bu ibora koʻproq shu tarixiy voqeani ifodalashda ishlatiladi. But, xoch mazmunida esa bu soʻzdan koʻp foydalanilmaydi: salib shaklidagi naqsh.
📌 Demak:
Salib, Salib yurishlari ✅
Salb, Salb yurishlari ❌