“Soʻqqabosh”: soʻqqa nima degani?

“Soʻqqabosh”: soʻqqa nima degani?

Soʻqqa soʻzi mustaqil qoʻllanishi ham mumkinligini unutib yuborgan ekanman. Izohli lugʻat esga soldi:

 

Oʻzing soʻqqa joningni boqolmaysan-u, toʻqlini qanday qilib boqasan, – dedi Shum bola Omonga.

Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”.

 

Mazmundan anglagan boʻlsangiz kerak, soʻqqa soʻzi hech kimi yoʻq, yolgʻiz, yakka maʼnosida kelyapti.

 

Shu oʻzakdan yasalgan soʻqqabosh soʻzi ikki xil maʼnoga ega:

 

1️⃣ Hech kimi yoʻq, yolgʻiz.

 

Dunyoda yakkayu yagona, soʻqqabosh odam.

S. Ahmad, “Jimjitlik”.

 

2️⃣ Uylanmagan, bola-chaqa qilmagan; boʻydoq, yolgʻiz.

 

Bibi Robiya, – dedi u [Yaxshiboyev] – soʻqqabosh oʻtib ketyapsan.

M. M. Doʻst, “Lolazor”.

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.