“Shimildiriq” nima degani?

“Shimildiriq” nima degani?

Savol:

Qoʻl tegdi, chiqdi shimildiriq.

Shimildiriq soʻzining maʼnosini izohli lugʻatdan ham topa olmadim. U nima maʼnoni anglatadi?

 

Javob:

Men ham lugʻatlarni qidirib koʻrdim, lekin shimildiriq ham chiqmadi 😉 Garchi lugʻatlarga kirmagan boʻlsa-da, tilda faol soʻzlar bor. Shimildiriq soʻzi asosan soʻzlashuvga xos, biroz kinoya, istehzo va hazil aralash maʼno qirralariga ega va hech narsa, yoʻq narsa maʼnosida qoʻllanadi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.