Shtandart nima?

Shtandart nima?

Kuni kecha axborot saytlari va kanallarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekiston Prezidentining farqlovchi belgilari, yaʼni oʻz belgisi va shtandartini joriy etishga oid qonun muhokama qilingani haqida yozildi.

Shtandart soʻzi milliy ensiklopediyaga ham, izohli lugʻatga ham kiritilmagan ekan. Lekin imlo lugʻatda bor. U niderlandcha standard soʻzidan olingan, asliyatda tugʻ, tamgʻa degan maʼnoni anglatadi.

Bu soʻz davlat rahbarining farqlovchi belgisi – maxsus bayrogʻi yo tamgʻasini anglatadi. Prezidentning shtandarti – uning maxsus bayrogʻidir.

Juda koʻp mamlakatlarda davlat rahbarining shtandarti joriy etilgan. Jumladan, Rossiya, Qozogʻiston va Tojikiston kabi yaqin qoʻshnilarimizda ham prezident oʻz maxsus bayrogʻiga ega.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube