Shu sababli: vergul kerakmi yo yoʻq?

Shu sababli: vergul kerakmi yo yoʻq?

Matnlarda, ayniqsa, tarjimalarda koʻp uchraydigan xatolardan biri shu sababli, shu bois, shuning uchun soʻzlaridan soʻng vergul qoʻyishdir. Ushbu bogʻlovchilar oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi. Ikki jumlani bogʻlab kelganda esa ulardan oldin vergul qoʻyish kerak:

 

Shu sababli bu mavzuga toʻxtaldim.

Bu xato koʻp uchraydi, shu sababli bu mavzuga toʻxtaldim.

 

Baʼzan qoʻshma gap ikkiga boʻlinadi va birinchi gapidan soʻng nuqta qoʻyiladi. Bunday hollarda hech qanday vergul kerak emas:

Bu xato koʻp uchraydi. Shu sababli bu mavzuga toʻxtaldim.

 

Yuqoridagi misollarda shu bois, shuning uchun soʻzlarini ishlatsak ham, tinish belgilari shu holicha qoladi.

 

📌  Demak:

Shu bois yetti oʻlchab, bir kesish kerak. ✅

Shu bois, yetti oʻlchab, bir kesish kerak. ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.