Bitta soʻzga aylansa, qoʻshib yoziladi
Arab tilidagi al- artikli qatnashgan birikmalar imlosi haqida oldinroq toʻxtalgan edim. Ularning ikki xil imlosi qabul qilingan:
“Hayratul abror”, “Asosul balogʻa”, “Lisonut tayr” ✅
“Hayrat ul-abror”, “Asos ul-balogʻa”, “Lison ut-tayr” ✅
❗️ Lekin arabcha izofalar oʻzbek tilida bitta soʻz sifatida qoʻllansa, ular hech bir chiziqchasiz, qoʻshib yoziladi: dorilfunun, dorilamon, dorulfano, shayxulislom, laylatulqadr, Abdulaziz, Nuriddin.
📌 Demak:
Dasturilamal, shayxulislom ✅
Dasturil-amal, dasturil amal, dastur il-amal, shayxul-islom, shayxul islom, shayx ul-islom ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.