Shuningdek: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Shuningdek: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Shuningdek soʻzi bilan vergul ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin.

 

📌 Vergul kerak emas:

Agar soʻz shunga oʻxshash, shu kabi, shu singari kabi maʼnolarni anglatsa va sifat boʻlib kelsa:

 

Xalq shuningdek gaplar bilan yuz yoqdan… hujum qilib, hatto adabsiz soʻzlar bilan ham soʻkar edi.

A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

 

❗️ Lekin hozir soʻzni bu maʼnoda qoʻllash juda kam uchraydi.

 

📌 Vergul kerak:

Soʻz bundan tashqari, buning ustiga, shu bilan bir qatorda kabi maʼnolarni anglatsa va modal soʻz boʻlib kelsa:

 

Shuningdek, rais majlisni olib borishda ham koʻpchilikka hurmatsizlik qildi… – dedi Elmurod.

P. Tursun, Oʻqituvchi.

 

U dovyurak, shuningdek, bilimdon kishi edi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube