Sinflar nomi qanday yoziladi?

Sinflar nomi qanday yoziladi?

Baʼzi holatlar imlo va punktuatsiya qoidalarida aniq koʻrsatilmagan, lekin shakllangan tartib va odatlarga koʻra yoziladi. Buni al- artikli imlosida koʻrgan edik.

Sinflar nomini yozishda ham shakllangan odatga amal qilinadi. Aksariyat holatlarda bir maktabda bitta sinf kamida ikkita yoki undan koʻp boʻladi. Farqlash uchun A, B, D, E kabi harflar bilan sinflar alifbo tartibida qoʻshimcha nomlanadi:

 

1-“A” sinf, 2-“B” sinf, 10-“D” sinf, 11-“G” sinf.

 

Nomning soʻz bilan oʻqilishi:

Birinchi “A” sinf, ikkinchi “B” sinf, oʻninchi “D” sinf, oʻn birinchi “G” sinf.

 

Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan maktablarda oʻqitish toʻliq lotin alifbosi asosida olib boriladi. Shu sababli sinflarni nomlashda ham lotincha harflardan foydalaniladi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, sinflarning nomlanishi uylarni raqamlashdan farq qiladi. Shunaqa tartib shakllangan.

Bunday yozilishiga boshqa bir asoscha ham bor. Imlo qoidalari ichida berilgan misolda xuddi shu usul qoʻllangan: 5-“A” sinf, V “V” guruh.

Sinflar nomi odatda rim raqamlari bilan yozilmaydi.

Xilmaxillik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun bitta uslub tanlangani maʼqul.

 

📌 Demak:

3-“B” sinf, 4-“D” sinf, 8-“E” sinf, 9-“F” sinf ✅

3-B sinf, 4D-sinf, 8 “E” sinf, 9”F”-sinf ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube