Snoska qoʻyish qoidalari

Snoska qoʻyish qoidalari

Matnlarda snoska qoʻyish bilan bogʻliq xatolar uchrab turadi. Rus tili punktuatsiya qoidalarida bu masala hal qilingan. Juda koʻp jihatdan rus tili punktuatsiyasiga asoslangan oʻzbek tili puntuatsiyasida ham amalda shu qoidalar qoʻllanadi. Unga koʻra:

 

  1. Agar snoska matn ichidagi soʻz, soʻz birikmasi yoki iboraga oid boʻlsa, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta kabi tinish belgilari snoska belgisidan keyin qoʻyiladi: izohtalab soʻz1, izohtalab soʻz birikmasi1; izohtalab ibora1: kabi.
  2. Agar snoska butun jumlaga tegishli boʻlsa va gap soʻroq, undov yoki koʻp nuqta bilan yakunlansa, snoska belgisi ulardan soʻng qoʻyiladi: Izohtalab jumla?1 Izohtalab jumla!1 Izohtalab jumla…1 kabi.
  3. Agar snoska butun jumlaga tegishli boʻlsa va gap nuqta bilan yakunlansa, snoska belgisi undan oldin qoʻyiladi: Izohtalab jumla1. kabi.
  4. Snoska belgisi qoʻshtirnoqdan soʻng qoʻyiladi: “izohtalab soʻz”1, “Izohtalab jumla?”1, “Izohtalab jumla”1. kabi.
  5. Agar qavs ichidagi soʻz, soʻz birikmasi yoki ibora izohlanadigan boʻlsa, snoska qavs ichidan joy oladi: (izohtalab soʻz1), (izohtalab soʻz birikmasi1), (izohtalab ibora1) kabi.

 

Aytgancha, snoskani oʻzbekchada nima deb atash mumkin deb oʻylaysiz? Inglizchada footnote deyilar ekan. Soʻzma-soʻz tarjimasi ostki qayd boʻladi. Bizda oldin kitoblarning hoshiyasiga qaydlar bitilgan. Balki, hoshiya soʻzini snoskaga nisbatan ishlatish kerakdir? Yoki shunchaki qayd deyish ham mumkin.

 

Oʻz variantingizni izohlarda qoldiring.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube