Soʻz oxirida ayirish (tutuq) belgisi kelmaydi
Ayirish (tutuq) belgisi rus, arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar tarkibidagina uchraydi. Oʻzbekcha soʻzlarda qoʻllanmaydi. Tovush ifodalamaydigan bu belgining uch xil vazifasi bor:
- Unlilarni choʻziqroq talaffuz etishga ishora qiladi: maʼlum, feʼl, eʼlon, taʼsir. Ammo oʻzbekchada unli aksariyat hollarda baribir choʻziq talaffuz qilinmaydi.
- Unlini oldingi undoshdan ajratish va kuchliroq talaffuzga ishora qiladi: qatʼiy, sanʼat, masʼul, masʼud. Bu holat ham talaffuzda koʻpincha aks etmaydi 🤷🏻♂️.
- Oʻzlashma soʻzlarda oʻzidan keyingi unli oldidan y qoʻshib aytishga ishora qiladi: podyezd, syezd, subyekt, pyesa. Shuni y bilan yozsa, oʻqishga ham, imloga ham oson boʻladi aslida. Lotin yozuvida ayni shu mantiqli usul tanlangan: podyezd, syezd, subyekt, pyesa.
Milliy ensiklopediyaga koʻra, ayirish belgisi arab tilidan oʻzlashgan soʻzlarda arab tilining oʻzigagina xos boʻlgan portlovchi boʻgʻiz undoshi, yaʼni ayn oʻrnida qoʻllanadi.
❗️ Ayn harfi soʻz oxirida kelganda kiril va lotin alifbolarida aks etmaydi: jome, mavze, mavzu, murabba, mone, monelik, tole, toleli, ruju, ruku; jam, sham, saj, nav | jome, mavze, mavzu, murabba, mone, monelik, tole, toleli, ruju, ruku; jam, sham, saj, nav kabi.
👉 Maxsus ilmiy, diniy va mumtoz adabiyotlarda soʻz oxirida ham ayirish (tutuq) belgisi qoʻllanishi mumkin. Bunda talaffuz yoki mazmunni farqlash, ajratib koʻrsatish ehtiyoji hisobga olinadi. Lekin bu turdagi adabiyotlarda ham soʻzlar koʻpincha amaldagi imloga koʻra yoziladi.
📌 Demak:
Jome, tatabbu, tole, ruku, sham, saj, nav ✅
Jomeʼ, tatabbuʼ, toleʼ, rukuʼ, sham, saj, navʼ ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.