Soʻzlar

Soʻzlar

Eri xotiniga ayollar bir kunda qancha soʻz ishlatishi haqidagi maqolani oʻqib berayotgandi: “…Erkaklar 15000 ta soʻz ishlatgan bir paytda ayollar 30000 ta soʻzni sarf qilib yuboradi”.

Bu maʼlumot xotinning nafsoniyatiga ozgina tegib oʻtdi. Shu sababli norozilik bildirdi:

– Bekorga bunaqamas-da! Bu erkaklar birorta gapni bitta gapirganda tushunmaydi. Doim takrorlashing kerak.

Er gazetadan bosh koʻtarib, xotiniga qaradi:

– Nima deding?

 

Orif Tolib

 

“Ma’rifat” gazetasining 2015-yil 18-iyul sonida eʼlon qilingan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube