Sunʼiy idrok hangomalaridan

Sunʼiy idrok hangomalaridan

Kecha SIning imkoniyatlarini maqtagandim. Lekin uni toʻgʻri va samarali ishlatish ham muhim-da. Kalla qoʻyish usulida foydalanilsa, katta-katta qovunlar tushirilishi mumkin. Hozir ilmiy maqolalar va dissertatsiyalar yozishda ChatGPTdan kopi-pastlar avj olibdi.

“Til va adabiyot taʼlimi” jurnali bosh muharriri Farrux Jabbor hikoya qiladi:

 

Bittasi Behbudiyning “Bizni kemiruvchi illatlar” maqolasini SIga tahlil qildirib, maqola yozdirgan ekan. SI chalgʻib, kemiruvchilar – sichqon va kalamushlar haqida yozib beribdi.

 

Farrux akaning shaxsiy tajribasidan:

Oʻzim “Remaksol” dorisining oʻrnini qaysi dori bosadi deb soʻrasam, sunʼiy idrok umuman boshqa dorilarni tavsiya qildi. Keyin men unga aljima deb tanbeh berdim. Shunda ChatGPT uzr soʻrab, “Remaksol” oʻrniga “Aljima” dorisini qoʻllash mumkinligi haqida maslahat bera ketdi.

 

Qissadan hissa: miyani ishlatish funksiyasini SIga toʻla-toʻkis bervormagan yaxshi 😁

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.