Tailand – taylar mamlakati
Tailand – Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarimorolining markaziy qismi va Malakka yarimorolining shimoliy qismida joylashgan davlat.
1939-yilgacha va 1945–1948-yillar orasida Siam deb atalgan.
Tailand davlat nomining inglizcha versiyasi. “Taylar mamlakati” degan maʼnoni anglatadi. Tay soʻzi esa ozod odam demakdir. Shunga asosan, oʻlka nomining lugʻaviy maʼnosi – ozod odamlar mamlakati.
Oʻlka tay tilida Prathet Thay, rasmiy nomi esa Ratcha Anachak Thay deb ataladi.
Biz ushbu mamlakat nomini yozishda rus tili variantini qabul qilganmiz. Xalq nomi tay ekani hisobga olinsa, Tayland deb yozish toʻgʻriroq aslida. Lekin Tailand shakli ensiklopediyalardan joy olib ulgurgan.