Taxminan: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Taxminan: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Baʼzi vergulsevarlar taxminan soʻzini kirish soʻz deb hisoblab, ikki yoniga vergul qoʻyib, oʻrab-chirmab tashlaydi. Aslida vergul kerak emas.

Taxminan arabchadan oʻzlashgan, oʻzbekchada taxminga koʻra; chamalab, taxmin qilib olganda maʼnolarini anglatadi:

 

Ular bir-biridan taxminan bir yosh-bir yarim yosh farq qiladi.

F. Musajonov, “Nozik masala”.

 

Qamchi oxirgi MARTA qatorasiga oʻq otilgan joyni taxminan moʻljalga olgan boʻlsa ham, toʻqayga kirganda moʻljaldan adashdi.

H. Gʻulom, “Mashʼal”.

 

Oʻzi punktatsiyamiz vergulga toʻla. Keraksiz oʻrinlarda vergul ishlatib, matnni chaman vergulzorga aylantirmaslik kerak. Menga qolsa, koʻp oʻrinlarda, masalan, modal soʻzlar bilan umuman vergul ishlatmaslikni joriy qilardim. Lekin boʻlar ish boʻlgan, boʻyogʻi singan.
Qiyin masala.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube