Texnika xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi

Texnika xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi

Bu ikki tushuncha koʻpincha adashtirib qoʻllanadi. Aslida texnika xavfsizligi ruschadan biroz yanglish oʻgirilgan. Toʻgʻrisi – texnik xavfsizlik.  U tizimning mustahkamligi, butunligiga zarar yetkazadigan holatlarning, sanoat tizimlaridagi xavfli toʻxtalishlar va uzilishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu atama hozir kam ishlatiladi.

Xavfsizlik texnikasi atamasining bir necha izohi bor. U yuqoridagi sharhga yaqin maʼnoda ham qoʻllanadi. Bundan tashqari, insonning har qanday faoliyati, jumladan, mehnat faoliyati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ishlarni bildiradi. Oldin shu nomdagi oʻquv fani ham boʻlgan.

Vikipediyaga koʻra, bu atamaning sanoat jarayonidagi faoliyat xavfsizligini taʼminlash maʼnosi hozir eskirgan. Uning oʻrniga mehnat himoyasi atamasi ishlatilyapti. U inglizchada Health & Safety (H&S) – sogʻliq va xavfsizlik birikmasi bilan ifodalanadi.

Demak, faoliyat xavfsizligi bilan bogʻliq oʻrinlarda texnika xavfsizligi birikmasini emas, xavfsizlik texnikasi atamasini ishlatgan afzal.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube