Togʻgami yoki toqqa?

Togʻgami yoki toqqa?

Imlo masalasida bahslarga koʻp sabab boʻladigan holatlardan biri joʻnalish kelishi qoʻshimchasini ishlatish bilan bogʻliq. Chunki kiril yozuvidagi tartib bilan lotin yozuvidagi qoida farqlanadi.

Farq yoki g tovushi bilan tugagan soʻzlarda kuzatiladi. Kirilda talaffuzga eʼtibor qaratilsa, lotinda soʻz oxiridagi tovush hal qiluvchi boʻladi. Masalan, togʻ + ga soʻzini soʻzlashuvda toqqa deb aytamiz. Kirilda xuddi shu shaklda yozamiz. Lekin lotinda togʻga deb yoziladi. Chunki imlo qoidalariga koʻra:

  1. k undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchaning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakka, elakka, bilakka, tilakka kabi.
  2. q undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchaning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqa, uzoqqa kabi.
  3. Qolgan barcha hollarda, soʻz qanday tovush bilan tugashidan va bu qoʻshimchaning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qatʼi nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga kabi.

 

Birinchi va ikkinchi qoidalar kirilga ham taalluqli. Farq faqat uchinchi qoidada.

 

📌  Demak:

Toqqa, Chortoqqa, qishloqqa, etikka, terakka, barkka ✅

Togʻga, Chortoqga, qishloqga, etikga, terakga, bargga ❌

 

Togʻga, Chortoqqa, qishloqqa, etikka, terakka, bargga  ✅

Toqqa, Chortoqga, qishloqga, etikga, terakga, barkka  ❌

 

🔄  Mavzuga aloqador:

👉 Bargga yoki barkka? (© @xatoliklar)

👉 Hujjatni oluvchi qanday aks ettirilishi kerak?

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube