Toʻrtliklar
Rasul Hamzatov
***
“Qushlar, nega jimsiz ayni tong-sahar?”
“Yomgʻir yogʻishini tinglayotirmiz”.
“Shoirlar, siz nega jimsiz bu qadar?”
“Yomgʻir yogʻishini tinglayotirmiz”.
***
Lochinni shikorga shaylashar bunday:
Uch kun na don yegay va na suv ichgay.
Hokimiyatga tashna kaslar ham shunday:
Oʻlguday och boʻlar, oʻlguday mechkay.
***
Goho shunday: avar tilini chetda
Na birov tushunar va na tinglaydi.
Tilga, dilga tugun tushgan bir paytda
Meni faqat yolgʻiz Alloh anglaydi.
***
Qamoqda boʻlmadim, lek Kremlda
Kattakonlar bilan oʻtirdim birga.
Yarim umrim oʻtdi goʻyo uyquda,
Sochga oq, dilga dogʻ tushdi behuda.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi