“Tumtaraqay” nima degani?
Bu soʻz tartibsiz, har tomonga toʻzgan holda harakatlanishni bildiradi va asosan qochish, ketish, toʻzishning holatini ifodalaydi:
Eshik ochilishi hamon bolalar tumtaraqay qochib ketishdi…
I. Rahim, “Zangori kema kapitani”.
Tumtaraqay boʻlmoq iborasi tumtaraqay holga tushmoq, har tomonga qochish, ketish holatiga tushmoq kabi maʼnolarni anglatadi:
Tong otganda kimdir: “Yogʻiy bosdi!” deb qichqirdi-da, tura qochdi. Uyqusiragan odamlar vahima ichida tumtaraqay boʻlib ketdi.
P. Qodirov, “Yulduzli tunlar”.
Tumtaraqay qilmoq iborasi esa har tomonga tartibsiz ravishda qochishga majbur etish, toʻzitishni anglatadi:
– Tur oʻrningdan! – deb qoldi Poshsha xola Umidning xayollarini… tumtaraqay qilib.
D. Nuriy, “Osmon ustuni”.
Tumtaraqay – yaxlit soʻz. Shu sababli chiziqcha bilan yozilmaydi.
📌 Demak:
Tum-taraqay, tum taraqay ❌